
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti «Chashma» to’garagining navbatdagi she’riyat kechasi Zoom dasturi orqali amalga oshirildi. Kecha mehmoni O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bo’ldi.
Ushbu davra suhbati universitet Xotin qizlar qo’mitasi raisi tomonidan tashkillashtirildi. She’riyat kechasida ellikdan ortiq professor-o’qituvchilar va talabalar qatnashdilar. Ishtirokchilar tomonidan Iqbol Mirzoning she’rlaridan namunalar o’qildi hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Zoom dasturi orqali bo’lib o’tgan ushbu noodatiy kecha barchaga birdek manzur bo’ldi. Qatnashchilar fursatdan foydalanib ToshDO’TAU jamoasi nomidan shoirni samimiy mubarakbod etishdi.