“Kitobxon talaba” Respublika ko‘rik tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi

2020-yilning 17-aprel kuni soat 14:00 da Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2019-yil 7-noyabrdagi 25445-xh-sonli topshiriq xati asosida 2019-2020 o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Ma’rifat-li yoshlar-yurt ko‘zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ning 24-bandida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining   2020 yil 13 martdagi 197-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitobxon talaba” tanlovining universitet bosqichi ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.

Onlayn tanlovda universitetning 489 nafar talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. “Kitobxon talaba”  Respublika tanlovining universitet bosqichini namunali o‘tkazish maqsadida fakultet professor-o‘qituvchilaridan Ishchi guruh a’zolari tanlandi. Ishchi guruh raisi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Sobirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi B.Mallabaev, universitet murabbiylar kengashi raisi Yu.Eshmatov, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani B.Abdushukurov, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani L.Raupova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti A.Sayfullaev, universitet huquqshunosi T.Tojibaev ushbu tanlovni universitet bosqichini ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda holisona baholab o‘tkazdilar.

“Kitobxon talaba” Respublika tanlovining universitet bosqichida O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 1-kurs talabasi Yusupov Samandar g‘olib deb topildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.