Qodiriy ijod maktabi bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

“Universitetimiz rektori tashabbusi bilan Qodiriy ijod maktabi bilan doimiy hamkorlik yo’lga qo’yildi.”

Universitetimiz rektori tashabbusi bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika ijod maktabida “Til” va “Adabiyot” qo‘shma kafedralari tashkil etilib, haftaning payshanba kunlari ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari yo‘lga qo‘yilgan. Karantin qoidalari joriy qilinishi sabab mashg‘ulotlar chegaralangan edi. Joriy yil 12-oktabrdan maktablarda an’anaviy ta’lim joriy qilinishi bilan mahorat mashg‘ulotlari ham o‘z ishini boshladi. Bugun “Adabiyot” qo‘shma kafedrasining mudiri, Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi dotsenti Dilmurod Xoldorov “Insoniyat tafakkuri taraqqiyotida badiiy adabiyotning o‘rni” mavzuyida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga mahorat darsini olib bordi. Mashg‘ulot barchaga manzur bo‘ldi. Jamoamiz professor-o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar uzluksiz davom ettiriladi.

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.