
“ToshDO‘TAU vakillari ushbu Respublika tanlovida ham katta natijalarga erishishdi.”
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilining o‘qitilishini takomillashtiruvchi ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Respublika tanlovi 3ta – filologik, nofilologik va metodik yo’nalishlarda o’tkazildi.
ToshDO’TAU o’qituvchilari Zulxumor Xolmonova filologik yo’nalish bo’yicha birinchi o’rin, Klaraxon Mavlonova metodika yo’nalishi bo’yicha ikkinchi o’rinni qo’lga kiritishdi.
Shuningdek, «O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi» tanlovida rag‘batlantiruvchi o‘rinlar olgan universitetimiz vakillari:
- Mengliyev Baxtiyor Rajabovich. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori.
2. Asilova Gulshan Asadovna. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Pedagogika fanlari doktori, professor.
3. Abdullayeva Marg‘uba Dusmiratovna. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
4. Axmedov Xoshim Xakimovich. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
5. Abjalova Manzura Abdurashetovna. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Har bir yo’nalish bo’yicha g’oliblarga eng kam oylik ish haqining 50, 35 va 25 barobari miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi.
Har bir metodik ona tilini o’qitishning yangicha va interaktiv uslublarini o’zida qamrab olgan.
Ona tilini o’qitish sifatini yaxshilash har doim dolzarb, muhim masalalardan biri bo’lib qolaveradi. Chunki til talimi eng avvalo millat degan ulug’vor tushunchani shakllantiruvchi eng asosiy vositadir.