O‘zbek filologiyasi fakultetining navbatdagi seminari

“Bugun ToshDO’TAU O‘zbek filologiyasi fakultetining yana bir nazariy-metodologik seminari bo‘lib o‘tdi.”

 

Seminarda professor-o‘qituvchilar, doktorant va talabalar ishtirok etdi. Unda filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboyevning «Panipat jangining tasvirlanishida harbiy istilohlarning o‘rni» hamda filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurovning «Devoni lug‘atit-turk»da o‘zbek tili shevalari» mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Har ikkala ma’ruza seminar ishtirokchilarining qiziqishiga sabab bo‘ldi. Ma’ruzadan so‘ng qizg‘in savol-javoblar bo‘ldi, fikr-mulohazalar bildirildi. O‘zbek tilining maqomi hamda jamiyatdagi e’tiborini yanada mustahkamlash borasida tizimli faoliyat boshlangan ayni paytda tilimizning sofligini saqlash, keng imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish, ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etyapti. Bunday ilmiy seminarlar ana shu yo‘lda fakultetda olib borilayotgan navbatdagi ilmiy faoliyat bo‘lib xizmat qiladi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.