“Millatlararo munosabatlar qo‘mitasida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan kitobxonlik tanlovida O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari g‘olib bo‘lishdi.”
Til – millat ko‘zgusi. Xalqning, millatning or-nomusi. O‘zbek tili – bu Navoiy tili. Odatda biz Navoiy hazratlarining asarlarini o‘rganish uchun inson ruhan, qalban, jismonan , ma’nan poklanishi kerak, deymiz. Navoiy ijod qilgan tilda suhbatlashish, fikr yuritish uchun ham ana shunday poklanish joiz, deb bilaman. Bu tilda so‘zlaydigan, o‘zini, o‘zligini anglagan har bir insonni pok inson desak bo‘ladi. Davlat tilini rivojlantirish, uni targ‘ib qilish , xalqlararo til va do‘stlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Millatlararo munosabatlar qo‘mitasida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan kitobxonlik tanlovining o‘tkazilishi ham tilga, adabiyotga, yoshlarga bo‘lgan e’tiborning yuksak namunasidir.
Tanlov haqida taasurotlarim juda ham a’lo. Bu tanlovda men bilan birgalikda fakultetdoshlarim ham ishtirok etib g‘oliblik nashidashini surdik. Tanlov hay’ati raisi Farog‘at Xudoyqulovaning biz talabalarga bildirgan ishonchlari bizni yanada ruxlantirdi. Bizga hadya etilgan kitoblar esa qalbimizni sevinchga to‘ldirdi. Biz bu kabi tanlovlar, tadbirlarni yanada ko‘payishini, xalq, millat manfaati yo‘lida xizmat qilishini tilab qolamiz. Parizoda Ro‘ziboyeva, O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi,
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.