
Sizga ma’lumki, universitet otalig‘iga olgan Zangiota tumanidagi 7 ta umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi qoshida tayyorlov kursi faoliyat olib bormoqda. Ushbu kurslar o‘z faoliyatini 2020-yil 1-dekabrdan boshladi. Ona tili va adabiyot darslari haftaning toq, ya’ni dushanba(ona tili), chorshanba(adabiyot) kunlari soat 14:00 dan 17.00 gacha o‘tkazilmoqda. Ushbu tayyorlov kurslari O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasining tajribali professor-o‘qituvchilari Ametova Oydin Komiljonovna, Ziyayeva Yulduz Temirxonovnalar tomonidan DTS, dastur va yangi darsliklar asosida olib boriladi.