“Universitet rektori talaba–qizni tabrikladi.”
Hukumat qarori (402-son, 23.06.2020 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.
Unga ko’ra, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU ga Respublika bo’ylab, jami 29 nafar xotin-qiz o’qishga qabul qilindi.
Bugun Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU rektori ana shu imtiyoz egalaridan biri – Fotima Dilmurodovani shaxsan borib qutladi. Esdalik sovg’alari topshirib, talabalar safiga qabul qilingani bilan tabrikladi. Fotima universitetimiznning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetiga o’qishga kirdi.
Bu imkoniyat jamiyat gultoji – ayolga hurmat, uning orzu-intilishlariga rag’batdir. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU Matbuot xizmati talabalik maqomiga sazovor bo’lgan barcha xotin-qizlarni qutlaydi! Mamlakat ishonchini oqlashingizga, yurt koriga yaraydigan yetuk kadr bo’lishingizga, ilmning eng yuqori cho’qqilarini egallashingizga ishonamiz!