Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida ma’rifiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Husnigul Jo‘rayeva talabalarga buyuk ajdodlarimizning adabiy merosi haqida ma’ruza qildi. Tadbir davomida ijodkor talabalar tomonidan Alisher Navoiy hazratlarining g‘azallaridan aytildi.