“Xabar berib borayotganimizdek, universitetimiz respublikadagi barcha ijod maktablari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.”
Bu safargi manzil – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi.
O‘zbek tili kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Nargiza Musulmonova 13-noyabr kuni Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida mahorat darsi tashkil etdi. Ixtisoslashgan ijod maktabi o‘quvchilari va ustozlari ishtirok etishgan mazkur dars katta qiziqish bilan qabul qilindi. “Nutqning ijtimoiy xoslanishi” mavzusidagi dars noana’naviy tarzda o’tdi.
Savol-javoblar, she’rxonliklar bilan dars yanada qiziqarli bo‘ldi.
Mashg‘ulotlardan so‘ng maktabning ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamolova va ijodkor o‘quvchilar bilan Abdulla Oripov haykali poyida suhbat va she’rxonlik davom ettirildi.