OTM-maktab: Navoiy asarlari tarjimasi bo‘yicha mahorat darsi

   “Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilar uchun Alisher Navoiy asarlari badiiy tarjimasi bo‘yicha mahorat darslari professor adabiyotshunoslar ishtirokida tashkil etildi.” 

      Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan bir qator hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Maktab o‘quvchilari xorijiy tillarni o‘rganish bilan bir qatorda o‘z ijod namunalarini ham yozib kelmoqda va badiiy asarlarni turli xorijiy tillarga tarjima qilish bilan ham shug‘ullanishmoqda. Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2021-yil   2-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan  universitetining adabiyotshunos va tarjimon olimi Qosimjon Ma’murov va chet tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi Zulxumor  Jumanova  ishtirokida  maktab-internatda o‘quvchilar  uchun Alisher Navoiy asarlari badiiy tarjimasi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Unda Alisher Navoiy asarlarining badiiy tarjimasi bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Kelgusida ham asarlarning badiiy tarjimalari bo‘yicha hamkorlik ishlari jadal suratda davom etishga oid bir qator rejalar haqida kelishib olindi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.