
“O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti stol tennisi va minifutbol bo‘yicha birinchi o‘rinda. Voleybol bo‘yicha esa O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili fakulteti g‘olib bo‘ldi.”
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni munosabati bilan universitetda qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
6-13 dekabr kunlari yoshlar bilan tashkil etilgan sport tadbirlarida universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, shuningdek, Milliy gvardiya vakillari ishtirok etishdi.Sport musobaqalari murabbiy R.Alimboyeva tomonidan tashkillashtirilmoqda. 7-dekabr kuni talaba yigit-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka hamda stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi. 1-o‘rinni O‘TA jamoasi vakili, 105-guruh talabasi Qarshiyev Alibek, 2-o‘rinni O‘TA jamoasi vakili Jumayeva Xosila, 3-o‘rinni esa O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili jamoasi vakili Diyorov Radj egalladi. 9-10-dekabr kunlari esa minifutbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar musobaqasi bo‘ldi. Unda universitetning barcha fakultetlari faol ishtirok etdi. 1-o‘rinni O‘TA jamoasi, 2-o‘rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, 3-o‘rin O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili jamoasi egalladi.
Shuningdek, bugun 11-12-dekabrda voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi universitet talaba qizlari faol ishtirok etdi. Natijalar esa quyidagicha: 1-o‘rin O‘zga tilli guruhlarda o’zbek tili, 2-o‘rin O’zbek tili va adabiyotini o’qitish, 3-o‘rinni esa Filologiya jamoasi egalladi.
Sport musobaqalari doimiy ravishda davom etadi.