Uvaysiy ijodi Germaniyada o‘rganiladi

   “Germaniyaning «LAMBERT ACADEMIC PUBLISHING» nashriyoti tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Iqboloy Adizovaning monografiyasi chop etildi. ”

Monografiya XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan mashhur o’zbek shoirasi – Uvaysiyni hayoti va ijodiga bag’ishlangan. Kitob «THINKER POETESS OF THE EAST»(SHARQNING MUTAFAKKIR SHOIRASI) nomi bilan ingliz tilida nashr qilindi.

Ushbu monografiyada o‘zbek mumtoz adabiyoti bilan bog‘liq bir qancha ilmiy muammolar o‘z yechimini topgan. Xususan, an’analar zamirida ulg‘aygan novatorlik va ularning o‘zaro munosabati masalasi, sharq mumtoz adabiyotida lirik qahramon tabiati, badiiy obraz va ramz munosabati, adabiy janrlar takomili tarixi, mumtoz qofiya, radif, badiiy san’atlarning o‘rni va vazifasi atroflicha o’rganilgan. Mazkur muammolarning barchasi Farg‘onada yashab ijod etgan betakror mumtoz shoira Jahon otin Uvaysiy asarlari asosida talqin etilgan. Kitob sharq va o‘zbek adabiyoti, Qo‘qon adabiy muhiti, mumtoz poetika, janrlar, badiiy obraz va ramz munosabati masalalari bilan qiziquvchi olimlar, tadqiqotchilar va filolog mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Talabalarning alohida hurmatiga sazovor bo’lgan ustoz – Iqboloy Adizovaga keyingi ilmiy yutuqlar, navbatdagi tadqiqotlarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.