
Yangi o’quv yili boshlanib, barchangiz darsliklarga, qo’shimcha adabiyotlarga ehtiyoj sezayotgan bo’lsangiz kerak. Sizning xohish-istaklaringizni inobatga olib, barchaga qulayliklar yaratish maqsadida universitet axborot-resurs markazining elektron bazasi yaratildi. Unda markazda mavjud barcha o’quv, ilmiy, badiiy adabiyotlar jamlanmoqda. Bazada o’zbek, rus, ingliz tillarida kitoblar bor. Siz o’zingizga kerakli adabiyotni «qidiruv» funksiyasi orqali topishingiz mumkin. Elektron bazaga kitoblarni yig’ish ishlari hozir ham davom etmoqda. Qidirib topa olmagan kitobingizni saytda ko’rsatilgan raqamlar orqali so’rab olishingiz mumkin. http://library.navoiy-uni.uz manzilidan o’zingizga kerakli adabiyotni yuklab oling va ta’lim olishda davom eting!