Qiyosiy adabiyotshunotshunoslik: o‘tmishi, buguni, istiqbollari

“Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU yana bir nufuzli konferensiyaga mezbonlik qildi.”

Mazkur konferensiyada filologiyaning bugungi kunda dolzarb deb qaralayotgan qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va komparativistika masalalari muhokama qilindi. Konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga kelib tushgan ilmiy maqola va tezislarda qiyosiy adabiyotshunoslikning umumnazariy va uslubiy muammolari, o‘zbek mumtoz adabiyoti, qiyosiy mifologiya va folklorshunoslik, o‘zbek adabiyoti jahon badiiy tafakkuri kontekstida o‘rganilishi, o‘zbek va jahon adabiy aloqalari, tarjimashunoslik va tarjima tanqidi kabi dolzarb masalalar yoritilganligining guvohi bo‘lyapmiz.
Tadbirda ko’plab taniqli professorlar, sohaning eng kuchli mutaxassislari ishtirok etishdi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi – 
Milliy markazi direktori, yuridik fanlari doktori,  akademik  Akmal Saidov ham o’z ma’ruzasida anjuman nufuzini yuqori baholadi.

Shuningdek, konferensiyada filologiya sohasiga oid ilmiy nashrlari bilan ilm ahli nazariga tushgan ustoz-olimlar: filologlar, pedagoglar, adabiyotshunos va tarjimashunoslar bilan bir qatorda, shu jabhalarda ilmiy kuzatishlarini endigina boshlagan tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrantlarning ham tadqiqot natijalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Umid qilamizki, konferensiya yakunida to‘plangan nazariy fikr-mulohazalar, umumlashma va xulosalar qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida tadqiqot olib borayotgan hamda shu sohaga qiziquvchi kishilar, shuningdek, “Qiyosiy adabiyoshunoslik”, “Adabiy aloqalar” “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Badiiy tarjima” fanlarini o‘qitishda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ham qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi.

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.