“MDH ijroiya qoʻmitasida buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri, jamoat va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.”
Tadbir doirasida mutafakkirning “Qalblarning sevgani” (“Mahbub ul-qulub”) nomli kitobi belorus tilida taqdim etildi. Yigʻilganlar buyuk shoirning umuminsoniy qadriyatlarni tarannum ettuvchi asarlari toʻgʻrisida fikr bildirishdi. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov ham o‘z ma’ruzasida joriy yilda Navoiy asarlari tarjimasi va targʻibotiga nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijda ham katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkiladi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Belorussiyadagi elchixonasi, Belorus Respublikasi Prezidenti kutubxonasi hamda MDH ijroiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkazildi.
MDH ijroiya qo‘mitasi Minsk yig‘inidan fotohisobot:

Tojikiston elchisi Xaqdod Mujammadshadrif

Ozarbayjon elchisi Latif Gandilov

RFning MDXdagi doimiy vakili Andrey Grozov

Moldova elchisi Viktor Sorochan

BR ning MDXdagi doimiy vakili Marina Dolgopolova

Turkmaniston elchisi Nazarkuli Shokuliyev
