“Belorussiya davlat universiteti va Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.”
Belorussiya davlat universiteti va Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hujjat tegishli ravishda universitetlar rektorlari Andrey Korol va Shuhrat Sirojiddinov tomonidan imzolandi. Shartnoma talabalarning akademik almashinuvini, qo’shma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etishni, ilmiy-tadqiqot, noshirlik, ishlaridagi hamkorlikni, shuningdek, ilmiy-uslubiy materiallar va adabiyotlar almashinuvini nazarda tutadi.
Universitetlar rahbarlari o’zlari rahbarlik qilayotgan muassasalar faoliyatining ustuvor yo’nalishlari to’g’risida ma’lumot almashdilar. Shuhrat Sirojiddinov o’zbek tili va adabiyotini ommalashtirish ToshDO‘TAUning asosiy vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
So’nggi ikki yil ichida Belorussiya va O’zbekiston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning faol rivojlanishi madaniy-gumanitar aloqalarni va birinchi navbatda, universitetlararo hamkorlikni taqozo etmoqda.
Rektorimizni gumanitar fakultetlar va filologlarni tayyorlash tajribasi qiziqtirishi tabiiy. Delegatsiyasiyamiz BDUning filologiya fakulteti bilan tanishtirildi, bu fakultetda romano-german, slavyan, sharq tillari bo‘yicha noyob mutaxassisliklar mavjud.
Tomonlar o’zbek tilini o’rganish bo’yicha taklifni qo’llab-quvvatladilar va yaqin kelajakda Belorussiya universitetida O’zbek tili va madaniyati markazini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu markaz O‘zbekistonning milliy madaniyati, adabiyoti va urf-odatlari bilan tanishishga imkon beradi. Markaz 2021-yil yakuniga qadar BDUda tashkil etilishi rejalashtirildi.