Joriy yilning 13-oktabridan pilot loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan mahalliy olimlarning ingliz tili bo‘yicha bilim va malakasini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etildi.
Asosiy maqsad:
– mahalliy olimlar tomonidan ilmiy-texnik ma’lumotlarning ilg‘or ma’lumotlar bazalari (masalan, WebofScience, Scopus, Springer, Wiley va boshqalar) dan foydalanishda sifat o‘sishini ta’minlash. Odatda, bunday ma’lumotlar bazalaridagi eng yaxshi maqolalar ingliz tilida chop etiladi.
– nufuzli ilmiy jurnallarga maqolalarni tayyorlash uchun olimlarni akademik ilmiy uslubda yozishga o‘rgatish.
– o‘z tadqiqotlari uchun xorijiy moliyalashtirish manbalari (grantlar) ni izlab topish va natijalarni yanada tijoratlashtirish bo‘yicha olimlarning faolligini oshirish vazifalarini amalga oshirish orqali o‘zbek olimlarini xalqaro darajaga olib chiqish hisoblanadi.
Trening eng yaxshi xorijiy amaliyotlar, yosh guruhlari va tinglovchilarning ingliz tilini bilish darajasini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Mahalliy ekspert Nurulla Nazrullayev loyiha tashabbuskori bo‘lib, shuningdek, dasturda ishtirok etish uchun ilmiy maqolalarni reyting jurnallarida chop etish bo‘yicha katta tajribaga ega xorijiy tadqiqotchilar taklif etiladi.
Pilot loyihasi natijalari asosida uni yanada kengaytirish maqsadida BritishCouncil bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Umuman olganda, Vazirlikka loyihaning amalga oshirilishi olimlarga o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib berish va kelajak avlodlar uchun o‘zbek ilm-fani poydevorini qo‘yish imkonini beradi.