Hamdardlik

“Universitet jamoasi og’ir judolikka uchradi.”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Sharq tillari kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, eng muhimi, chin ma’nodagi inson, talabalarning sevimli ustozi Sarvinoz Sotiboldiyeva xastalik tufayli hayotdan ko’z yumdilar.

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga, universitet jamoasiga sabr-bardosh tilaydi. Marhumning ruhi shod, oxirati obod boʻlsin!

Yetuk olima, mehribon ustoz, zahmatkash va kamtarin inson Sarvinoz Sotiboldiyevaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.