
“Men talaba bo’ldim, kimga murojaat qilay?”, “Hujjatlarimni qayerga olib boray?”, “Kontraktni qachon to’layman”? kabi ko‘plab savollarga javob.
Qadrli talabalar! Avvalo, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU Matbuot xizmati barchangizni talabalikka tavsiya etilganingiz bilan qutlaydi! Davlat imtihonlarida o’zingizning kuchli bilimingiz, salohiyatingizni namoyish etib, eng yuqori ballarni to’plagan holda, talabalik baxtiga muyassar bo’ldingiz. Kelgusida ham universitetning, qolaversa, yurtimizning rivoji, ilm-fan taraqqiyoti uchun tinim bilmay bilim olishingizga ishonamiz!
Endilikda siz hujjatlaringizning asl nusxasini universitetga olib kelishingiz so’raladi. Bunda sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Rektor nomiga ariza;
- Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
- Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
- Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
- 3,5×4,5 foto 12 ta;
- Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
- Konvert A5 formatida;
- Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
- Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).
Fakultetlar kesimida siz barcha savollar yuzasidan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz kerak:
- O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti – Jamshid Norqo’ziyev (+998909934207) Doniyor Rustamov – +998977099961
- Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili fakulteti– Ma’rufjon Do’stmurodov (+998998225864)
3.Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti (ingliz, rus) – Ahror Kadirov (+998909243044), Dilshodxon Islomov (+998932978760)
- O’zga tilli guruhlarda o’zbek tili, Noshirlik ishi– O’rinboy Boboyorov (+998909297268)
5.O’zbek tili va adabiyoti fakulteti (kechki, sirtqi) – Nurmurod Chinniqulov (+998977012348)
To’lov kontrakti asosida qabul qilingan talabalar shartnoma tuzilishini inobatga olib, kontrakt bilan bog’liq barcha savollarga universitet Marketing bo’limidan javob olishingiz mumkin:
- Marketing bo’limi boshlig’i A.Djumashev (+998946070076)
Shuningdek, barcha yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’lish uchun Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU ning rasmiy sayti www.navoiy-uni.uz hamda universitetning Telegramdagi @prTSUULL rasmiy kanalini doimiy kuzatib boring!
Tez kunda sizlarni universitetda ko’rishdan mamnun bo’lamiz!