Joriy o‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga qabul qilingan talabalar bilan Namangan viloyatida bugun 12-oktabr kuni tanishuv darslari tashkil etildi. Darsni viloyatga biriktirilgan mas’ullar O‘zbek adabiyotini o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Quvonchbek Ma’muraliyev va universitet yoshlar yetakchisi Orifjon Olimjanovlar olib bordi.
Tanishuv darslari pandemiya tartib-qoidalariga to‘la rioya qilgan holda o‘tkazildi. Birinchi darsda talabalarga universitet hayoti, fakultetlar, fan dasturlari haqida videodars orqali ma’lumot berildi. Ularni qiziqtirgan barcha savollarga yetarli javob taqdim etildi.
Orifjon Olimjanov tayyorladi.