“Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, Andin ustod rozidur – Tengri rozidur”
Assalomu alaykum, aziz, mo‘tabar, tabarruk ustozlar. Hazrat Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida: “Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, Andin ustod rozidur – Tengri rozidur” deb yozadi. Bu fikr zamirida ustoz inson hayotining charog‘boni ekani yana bir karra o‘z isbotini topgan.
Kuni kecha mamlakatimiz rahbarining o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan tabrigida milliy ta’lim tizimimiz rivojida ustozlarning, professor-o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz so‘nggi 3 yil davomida ustozlarning obro‘si har qachongidan-da yuksaklarga ko‘tarilayotganini va bu ezgu ishlar doimiy davom etishini aytib o‘tdi. Qolaversa, Yangi Renessans davrini bunyod etishda davlatimiz, albatta, olimlarga, ustoz va murabbiylarga suyanishini ta’kidlab, siz-u bizga ishonch bildirdi. Barchamiz ana shu ishonchni oqlashimiz, millat farzandlarining salohiyatli kadr bo‘lib yetishishiga munosib hissa qo‘shmog’imiz darkor.
Barcha professor-o‘qituvchilarimizni kasb bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman. Doim sog‘-omon bo‘ling. Mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilishdan aslo charchamang.
Chuqur hurmat bilan, Rektor Sh.Sirojiddinov