
Bugun muhim sana – «Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni» qabul qilingan kun.
2016-yil 14-sentyabr kuni qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni» mamlakat kelajagiga befarq bo’lmagan barcha hamyurtlarimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib 4 bob va 33 ta moddadan iborat.
Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari, yoʻnalishlari, davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar, davlat va boshqaruv organlari vakolatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki, yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kabi muhim masalalar oʻrin olgan.
Qonun bilan yaqindan tanishish har bir yosh, ota-ona, davlat va nodavlat tashkilot xizmatchilari, har qanday soha egasi, xullas, Oʻzbekistonning har bir fuqarosi uchun foydadan holi boʻlmaydi(tanishish uchun havola: http://lex.uz/acts/3026246)