
Universitetda “O‘zbegim” nomi bilan “Quvnoqlar va zukkolar” klubi faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Smart”, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Optimal”, O‘zbek filologiyasi fakultetida “O‘zbekona” nomlari bilan QVZ lar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularga 36 nafar talaba jalb etilgan. Shu kungacha 24 marotaba guruhlararo, 6 marotaba fakultetlararo, 4 marotaba oliy ta’lim muassasalariaro musobaqalar tashkil etildi.
“Havaskorlik ansambli” tashkil etilgan. Ularga 25 nafar iqtidorli talabalar jalb etilgan. O‘tgan o‘quv yilida ansambl tomonidan 14 marotaba chiqishlar tashkil etildi.