Talabalardan tashabbus

“Faol talabalarimiz joylarda O’zbek tili bayrami munosabati bilan tadbirlar tashkil etishyapti.”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetining iqtidorli va ijodkor talabasi Samad Qanatov tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 13-, 9-, 10-, 12-, 33-maktablarda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» shiori ostida qator tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, o‘quvchilar bilan davra suhbatlari, viktorinalar va adabiy-badiiy kechalar o‘tkazildi. Tadbirlarda boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining o‘z ona tiliga bo‘lgan munosabati, hurmati, ularning til haqidagi tushunchalari va o‘zbek tilining bugungi mavqeyi haqida fikr almashildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va kitoblar taqdim etildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.