Qodiriy ijod maktabi bilan hamkorlik davom etadi

“Endilikda ToshDOTAU ustozlari Abdulla Qodiriy ijod maktabi oquvchilariga «Matnshunoslik”, “Notiqlik san’ati”, “Ifodali o‘qish” fanlaridan har hafta dars o’tishadi.”

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan universitet hamkorlik ishlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot bergan edik. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti v.b. Marhabo Umurzoqova 22-oktabr kuni ijod maktabida o‘tkazilayotgan fan olimpiadasining 1-saralash bosqichida ishtirok etdi. 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bu olimpiada test, yozma va og‘zaki shaklda o‘tkazildi. O‘quvchilar orasidan eng bilimdonlarini saralab olish uchun o‘tkazilgan mazkur tanlovda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z bilimiga ishongan o‘quvchilar ishtirok etdi.

M.Umurzoqova maktab direktori N.Yuldasheva va maktab o‘qituvchilari bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar xususida gaplashib oldi. Haftada bir kun universitet professor-o‘qituvchilarining ijod maktabi o‘quvchilariga “Matnshunoslik”, “Notiqlik san’ati”, “Ifodali o‘qish” fanlaridan mashg‘ulotlar o‘tib berishlariga kelishib olindi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.