O‘zbek filologiyasi fakultetining navbatdagi ilmiy seminari tafsilotlari

“13-noyabr kuni O‘zbek filologiyasi fakultetining navbatdagi nazariy-metodologik seminari bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrant va talabalar ishtirok etdi. ”

 

Seminarda filologiya fanlari doktori Qo‘ldosh Pardayevning “Muqimiyning dastxat bayozlari”, tayanch doktorant Tursunoy Yandashovaning “Go‘zallik konseptini ifodalovchi metaforik birliklar”, tayanch doktorant Abdumannon Hasanovning “Dehqonchilikka oid leksik lakunalarni dialektizmlar bilan to‘ldirish xususida” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
Ma’ruzalarda mumtoz ijodkorlar qo‘lyozmalari (xususan, “cho‘ntak bayozlar”)ni o‘rganishning ahamiyati (Muqimiy misolida), lakunalarning shevalar va adabiy til aspektidagi shakllari, go‘zallik konseptida milliy yondashuvning aks etishi kabi muhim ilmiy masalalar tahlil qilindi. Tadqiqotchilar mavzu yuzasidan mustaqil ilmiy qarash va xulosalarini taqdim etishdi.
Ma’ruzalar yuzasidan savol-javoblar bo‘ldi va fikr-mulohazalar bildirildi.
Muhokamalarda so‘zga chiqqan fakultet o‘qituvchilari — professor N.Jabborov, professor U.Jo‘raqulov, dosent Sh.Amonov, dosent M.Umurzoqova, katta o‘qituvchi Sh.Bobomurodovalar bunday ilmiy-nazariy masalalarni tizimli o‘rganish izchil davom ettirilishi zarurligi ta’kidlashdi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.