Boburxonlik davom etmoqda

“2021-yil 16-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talabalari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan “She’riyat”

    2021-yil 16-fevral kuni Alisher Navoiy  nomidagi  Toshkent davlat  o‘zbek  tili  va  adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talabalari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan  “She’riyat saltanatining sultoni — Bobur” nomli madaniy-ma’rifiy  bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhay Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘z so‘zida yoshlar ma’naviyatini o‘stirishda Bobur asarlarining o‘rni, Bobur asarlarida insoniy fazilatlarning ulug‘lanishi haqida ta’kidlab o‘tdi. 
   O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Bobur siymosini gavdalantirgan aktyor Muhammadali Abduqunduzov «Yulduzli tunlar» videofilmidan ajoyib parcha ijro etib berdi. Muhammadali Abduqunduzovning ijrosi professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan zo‘r qiziqish bilan qarshi olindi. Shundan so‘ng Ozbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 101-guruh talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.