Axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish va undan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida vazirlikning Ishlar boshqarmasidan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli kitobi hamda “Huquqiy axborot” va “Elmadad” MCHJlar tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” nomli targ‘ibot kitobi olib kelindi.
Mazkur targ‘ibot kitobining hajmi 75×55 sm, charmli muqova, laminatsiyalangan karton-varaq, Qr-code tizimi orqali audio yozuvini ham tinglash mumkin. Shuningdek, Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlar ham kiritib boriladi.
Barcha professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar axborot-resurs markaziga tashrif buyurib mazkur adabiyotlardan foydalanishlari mumkin.