ToshDO‘TAU axborot-resurs markazi Yangi yil bilan qutlaydi

            Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti axborot-resurs markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan tabriklaydi. Ushbu bayramona kunlarda qalbingiz quvonchlarga to‘lsin!

            Kirib kelayotgan Yangi yil siz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochsin. Yangi marralarni zabt eting. Har bir qadamingiz omad sari yo‘nalib ulkan muvaffaqiyatlarga erishing. O‘tayotgan yil barcha qiyinchiliklarni olib ketsin va kelgusi yilda omad hamrohingiz bo‘lsin.

            Siz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, ulkan baxt va farovonlik tilaymiz. Doimo yoningizda oilangiz, yaqinlaringiz va do‘stlaringiz birga bo‘lsin. Xonadonlaringizdan baraka arimasin. Faoliyatingizda yangi yutuqlar, marralar va muvaffaqiyatlar bo‘lsin! Yangi yilda barcha yorqin orzu-umidlarimizni amalga oshsin!

            Samimiy tilaklar bilan, ToshDO‘TAU axborot-resurs markazi jamoasi!

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.