Rektor va 1-kurs talabalari

“Doimiy ananaga muvofiq, universitet rektori birinchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.”

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov bu yil birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan suhbatlashdi.  Rektor, avvalo, yoshlarni talabalik bilan qutladi. Ularga ilmning eng yuksak cho’qqilarini zabt etishlarini tiladi. Uzoq davom etgan suhbat davomida universitet rektori talabalarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar, professor-ustozlarning ilmiy salohiyati, yangi joriy etilgan fanlar, shuningdek, universitetning xalqaro aloqalari haqida so’z yuritdi.  Talabalarning ta’lim olishi o’z ustida ishlashi, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishi uchun hamma sharoitlar yaratilgani, yoshlardan esa faqat mehnat, katta maqsad qo’yib, oldinga harakat qilish talab etilishini ta’kidladi.


Rektor universitet haqida talabalarning ham fikrlarini tingladi va o’z munosabatini bildirdi. Muammo va takliflar tinglanib, uchrashuvning o’zida ijobiy hal qilindi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.