Prezidentning yoshlarga murojaati: muhim yangiliklar

Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshga 4 yillik prezident stipendiyasi beriladi.

✅ 2 va undan ortiq farzandi oliy ta’lim muassasasida to’lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi.

✅ Respublikadagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.

✅ IELTS, TOEFL, GMAT va SAT kabi imtihonlarda maksimal ballning kamida 75 foizini to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

✅ Ishsiz yoshlar tadbirkorlarga biriktiriladi. Yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozlar berilishi mumkin.

✅ Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mln dollar ajratiladi. Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.