O‘zbek filologiyasi fakultetinining navbatdagi nazariy-metodologik seminari

“Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida olib borilayotgan tizimli faoliyat ko‘plab e’tiroflarga sazovor bo‘lyapti.”

      Ayniqsa, universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati xorijlik olimlarda ham havas uyg‘otyapti. 29-dekabr kuni O‘zbek filologiyasi fakultetining navbatdagi nazariy-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar universitet professor-o‘qituvchilari, xususan yosh olimlar uchun o‘ziga xos ilm minbariga aylanib borayotgani e’tiborlidir. Galdagi seminarda filologiya fanlari doktori, professor Tolib Enazarov, filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonova hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ruxsora To‘laboyevaning ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalarda “O‘zbek xalq shevalarini ilmiy va amaliy tadqiq etish konsepsiyasi talqini”, “Raqamli iqtisodiyot davrida nutqni tanish dasturining zarurati”, “Kichkina shahzoda” asarida umuminsoniy konsepsiyalarning badiiy talqini kabi jiddiy ilmiy mavzular muhokama qilindi. 

       Shuningdek, mazkur seminarda Turkiya yozuvchilar uyushmasi bolalar va o‘smirlar adabiyoti bo‘limi rahbari, yozuvchi Bijan Veysel Yildiz ishtirok etdi. Turkiyalik mehmon nazariy-metodologik seminardagi ma’ruzalarni tinglab, bu yerda tashkil qilingan ilmiy faoliyatga yuqori baho berdi. Turkiyadagi bolalar adabiyoti hamda bu borada olib borilayotgan ishlar xususida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Mehmon agar taklif qilinsa, kelgusi seminarlarda o‘z ma’ruzasi bilan bajonidil ishtirok etishini bildirdi. Seminar so‘nggida tinglangan ma’ruzalar yuzasidan savol-javoblar bo‘ldi, fikr-mulohazalar bildirildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.