“O‘zbek tili fakulteti professor-o‘qituvchilari Zangiota tumanidagi 18-maktabga borishdi.”
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2020-yil 30-oktabrda “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirishda oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, universitet va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 7 ta umumta’lim maktabi bilan hamkorlik bo’yicha shartnomalar imzolangan edi. 2020-yil 25-dekabr kuni O‘zbek tili fakulteti professor-o‘qituvchilari Zangiota tumanidagi 18-maktabga borishdi. Mazkur maktab Toshkent shahridan 30 kilometr uzoqlikda deyarli Qozog‘iston bilan cheradosh hududda joylashgan. Universitet professor-o‘qituvchilari S.Muhamedova, Y.Eshmatova, M.Namozov, M.Siddikov maktab o‘qituvchilari bilan do‘stona suhbat asosida ta’lim tizimidagi yangiliklar, ta’lim shakllari, usullari, vositalari yuzasidan eng oxirgi izlanishlar, maktabdagi muammolar, ularning yechmi yuzasidan fikr almashishdi. Maktab bitiruvchilariga OTM qabul imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida ham oflayn ham onlayn ravishda aniq va manzilli yordam berish yuzasidan kelishib olindi.
Universitet xodimlari, shuningdek, 18-maktab kutubxonasiga 60 nomdagi badiiy va ilmiy adabiyotlarni sovg‘a qilishdi.
Hamkorlikning samarali davom etishi uchun 18-maktab va O‘zbek tili kafedrasi professor-o‘qituvchilarining birgalikdagi telegram guruhi tashkil qilindi.