OTM-maktab hamkorligi: ta’limga yangicha yodashuv

      O‘quvchilarni Vatanimizning boy va tarixiy madaniy merosi bilan tanishtirish, buyuk ajdodlarimizning yodiga hurmat hissini shakllantirish, o‘quvchilarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish maqsadida Olmazor tumani 24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurib, universitet ijtimoiy hayoti hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

      O‘quvchilar tanishuv davomida universitet axborot-resurs markazi, mustaqil ta’lim zali, ijtimoiy hudud, konferensiya zallari, 5 ta muhim tashabbus xonalari hamda talabalar turar joylariga birma-bir tashrif buyurib talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

    Tashrif so‘ngida bitiruvchi o‘quvchilar universitetda tahsil olishga qiziqish bildirishib, kirish imtixonlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.