OTM-maktab hamkorligi izchil davom etmoqda

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n. G.Jo‘rayeva va f.f.d. (PhD) Sh.Rahmonovalar tomonidan hamkor ta’lim muassasi Toshkent viloyati Zangiota tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida adabiyot fanini o‘qitishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda adabiyot fanini o‘qitishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar berildi.

      Shuningdek, maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviy kamolot vositasi hisoblangan kitob mutolaasiga qiziqtirish borasida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda o‘quvchilarning qanday kitoblar o‘qishga ehtiyojlari borligi maxsus so‘rovnomalar asosida aniqlandi. Kitob mutolaasiga qiziqtirishga doir “Reklama: tavsiya qilamiz, taklif etamiz” usulidan foydalanildi. Keyingi mashg‘ulotlarda muhokama qilish uchun tegishli adabiyotlar tavsiya qilindi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.