“O‘tkan kunlar” tarjimoni bilan suhbat

Dostlik ordeni sohibi Mark Riz haqida juda kopchilik eshitgani aniq. Uning ozbek tilida qiyinchiliksiz sozlay olishi doimo juda kopchilikni hayron qoldirib kelgan.”

            Bugun, 18-noyabr kuni universitetimizda “What is literary translation?” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Unda amerikalik olim, “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga o‘g‘irgan mohir tarjimon, badiiy tarjima bo‘yicha mutaxassis, «Do’stlik» ordeni soxibi Mark Riz  ishtirok etdi.
            Uzoq va juda qiziqarli bo‘lib o‘tgan vebinar Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda fakultet talabalari uchun foydali bo‘ldi. 


            Muloqot so‘ngida hamkorlikning keyingi bosqichlari, xususan, kadrlar malakasini oshirish haqidagi aniq takliflar muhokama qilindi.

             Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU  ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni  o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga , shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlashni  maqsad qilgan. Ayni shu maqsad tomon harakatlanishda bu kabi vebinarlar va mahorat darslarining ahamiyati katta.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.