
Joriy yil Iyun oyida “Ona tili” fani boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasini tayyorlash uchun Respublikadagi yetakchi ekspertlardan iborat ishchi guruh shakllantirilgan edi.
Taniqli tilshunos olim Pedagogika fanlari doktori Valijon Qodirov, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Iroda Azimova, Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti katta oʻqituvchisi Klara Mavlonova, universitet tadqiqotchisi Shokirjon Tursunov, Adabiyotshunos olim, bolalar yozuvchisi, “Jajji akademik”da bosh muharrir Saʼdulla Quronovlar hamda amaliyotchi maktab oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan loyiha Respublika taʼlim markaziga hamda Zoom platformasi orqali keng jamoatchilikka namoyish qilindi.
Ona tilini oʻqitish boʻyicha taklif etilayotgan dasturning oʻziga xosligi u oʻquvchida 4 ta lingvistik koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Yaʼni oʻquvchining eshitib tushunish, oʻqib tushunish, ogʻzaki va yozma nutq malakasini umumiy holda rivojlantirish darslik mazmuniga kiritilgan eng dolzarb jihat sanaladi.
Dasturga grammatika soddalashtirdi. Endi oʻquvchilar grammatik bilimlarni nazariy qoidalarni yodlab emas, balki matn va matn asosida berilgan mashqlarni bajarish orqali egallaydilar.
Bunda dasturga kiritilgan matnlarning ahamiyati katta. Ilgari “Ona tili” darsliklari asosini adabiyotdan olingan matnlar tashkil etgan boʻlsa, endilikda oʻquvchida ilmiy matnlarni ham tushunish va tahlil qilish koʻnikmasi shakllantiriladi. Iqtisod, texnologiya, tibbiyot, tadbirkorlik, tarix, huquq kabi turli sohalar oid matnlar oʻquvchilarda nafaqat sohaga oid lugʻat boyligini shakllantirish va bugungi ijtimoiy hayotga koʻzga tashlanayotgan vaziyatlar haqida axborot berishga qolaversa, muayyan vaziyatlar boʻyicha shaxsiy xulosa shakllantirish va muammoga yechim topishga yo`naltirilgan.
Dasturda fanlararo integratsiya shunday shakllantirilganki, oʻquvchi ehtiyoj sezadigan har qanday fan doirasida mavzular shakllantirilib, ularda til birliklaridan qanday foydalanish, nimalarga eʼtibor berish kerakligi tushuntiriladi. Masalan,“Tarbiya”fani kattalarga hurmat bilan bilan muomalada boʻlishni oʻrgatsa, “Ona tili” hurmat maʼnosini ifoda etishda ishlatiladigan soʻzlar hamda ularni talaffuz etish ohangini oʻrgatadi.
Dasturning yana bir ahamiyatli jihati, darslikka qoshimcha audio matnlar yaratilishini inobatga olingan holda tuzilganligi boʻlib, bu oʻquvchilarda sohaga oid ilmiy matnlarni eshitib tushunishlari uchun xizmat qiladi.