Muhim va unitilmas sanalar taqvimi

Mustaqil O‘zbekistonning 2019 yilgi muhim va unutilmas sanalar taqvimi

Ushbu taqvimda asosan o‘lkashunoslik mazmunidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib, mamlakatimizning ijtimoiy – siyosiy, madaniy hayotiga oid unitilmas sanalar hamda davlat va jamoat arboblari, san’at va fan fidoyilarining tavallud sanalari berilgan. 
Muhim sanalar xronologik tartibda oylar bo‘yicha, so‘ngra 2019 yilda nishonlanadigan muhim sanalar hamda mashhur shaxslar tavallud sanalari va adabiyotlar joylashtirilgan. Ushbu taqvim keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Yanvar

1 yanvar – Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.
1 yanvar – Injener-meliorator-o‘rmonshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Muxtor Beshchanovich Doshchanov(1909 – 1975) tavalludining 110 yilligi.
2 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi jahon metrologoiya tashkilotiga (JMT) (1993) a’zo bo‘lgan kun.
2 yanvar – Kinorejissor, O‘zbekiston xalq artisti Latif Fayziyev ( 1929 – 1994) tavalludining 90 yilligi.
5 yanvar – aktrisa va xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Shahodat Rahimova (1919-1979) tavalludining 100 yilligi. 
7 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti Toshxon Sultonova (1909-1989) tavalludining 110 yilligi.
10 yanvar – Ichki Qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992).
11 yanvar – Faylasuf olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor Sattor Pozilhaqovich Tursunmuhamedov (1929) tavalludining 90 yilligi.
11 yanvar – O‘zbekiston FA muxbir-a’zosi, arxeolog, sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Vasiliy Afanasevich Shishkin (1894-1966) tavalludining 125 yilligi.
12 yanvar – O‘zbekiston FA akademigi, gidrogeolog olim Abdumubdi Nu’monovich Sultonxo‘jayev (1929-2013), tavalludining 90 yilligi.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (1993).
14 yanvar – O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev (1904-1974) tavalludining 115 yilligi.
16 yanvar – o‘zbek tilshunosi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Fattoh Abdullayev (1914-1985) tavalludining 105 yilligi.
16 yanvar – Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster unversiteti tashkil topgan kun (2002).
21 yanvar – kimyogar olim, ximiya fanlari doktori, professor Sayfulla Sa’dullayevich Xamrayev (1934) tavalludining 85 yilligi.
23 yanvar – Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1997) ta’sis etilgan kun.
23 yanvar – Milliy gvardiya tashkil etilgan kun (1992). 
24 yanvar – O‘zbekiston-Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (2000 yil 10 oktabrda Ostona shahrida tashkil topgan)ga a’zo bo‘lgan kun (2006 y.).
24 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil topgan kun (avvalgi Respublika baynalmilal madaniyat markazi 1992). 
25 yanvar – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi, faylasuf, adabiyotshunos, falsafa fanlar doktori, professor Vohid Yuldashevich Zohidov (1914-1983) tavalludining 105 yilligi.
25 yanvar – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, adib O‘lmas Umarbekov (1934-1994) tavalludining 85 yilligi.
28 yanvar – O‘zbekiston havo yo‘llari kuni (1992).
29 yanvar – Adib Muhammadsharif So‘fizoda (1880-1937) tavalludining 145 yilligi. 
30 yanvar – Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga qabul qilingan kun (1992 y.)
30 yanvar – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov (1938) tug‘ilgan kun.
31 yanvar – Zargarlar kasb bayrami.

Fevral

1 fevral – Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan (2001) kun.
5 fevral – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, kimyogar olim, kimyo fanlari doktori, professor Sa’dulla Iskandarovich Iskandarov (1939) tavalludining 80 yilligi.
6 fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) ta’sis etilgan kun.
7 fevral – Toshkent viloyatida G‘azalkent shahriga asos solingan kunning 55 yilligi (1964).
9 fevral – Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun.
10 fevral – Aeroflot kunining (1979) 40 yilligi (Fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi). 
11 fevral – O‘zbekiston Fanlar Akademiyami akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan olim, texnika fanlar doktori, mexanik olim Jorulla Fayzullayevich Fayzullayev (1924-1992), tavalludining 95 yiligi. 
13 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan (2001) kun.
14 fevral – O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.
16 fevral – O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT)ga a’zo (1992) bo‘lgan kun.
17 fevral – Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y, Jeneva).
17 fevral – Shoir, tarjimon Chustiy ( taxallusi; asl ism – sharifi Xo‘jayev Nabixon) ( 1904 – 1983), tavalludining 115 yilligi.
19 fevral – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, kimyogar olim, Karim Sodiqovich Ahmedov (1914-2003) tavalludining 105 yilligi. 
21 fevral – Xalqaro ona tili kuni (YUNESKO).
22 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan olim, matetatik-olim, professor Jamol Xudoyberdiyevich Karimov (1909-1993) tavalludining 110 yilligi.
23 fevral – “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991). 
24 fevral – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994).
24 fevral – M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universtetining Toshkent shahridagi filiali tashkil topgan kun (2006).
26 fevral – O‘zbekiston Respublikasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992). 
26 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).


Mart

1 mart – Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni (Butunjahon fuqarolik mudofaasi tashkilotining 9-sessiyasida e’lon qilingan. O‘zbekistonda “Butunjahon fuqarolik himoyasi kuni” sifatida nishonlanadi).
1 mart – Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.
1 mart – O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.
1 mart – Sharafiddinov Ozod Obidovich (1929-2005) adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni tavalludining 90 yilligi.
2 mart – Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining BMTga (1992) a’zo bo‘lgan kun.
2 mart – O‘zbekiston temir yo‘llari transportida yuk tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan (2001). 
2 mart – O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tashkil topgan kun (1992).
2 mart – O‘zbekistonda SIFAT markazi tashkil topgan kun (1992).
2 mart – Rus madaniyat markazining Respublikada tashkil etilishining 25 yilligi (1994).
4 mart – O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari kuni (1999).
4 mart – O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).
4 mart – «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilgan kun (1993).
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
10 mart – O‘zbekistonning Shimoliy atlantika Hamdo‘stligi Kengashiga a’zo bo‘lgan kun (1992).
14 mart – “O‘zbekiston Respublikasi Xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (2000).
15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
15 mart – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, arxeolog va sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Yuriy Fedorovich Buryakov (1934-2015) tavalludining 85 yilligi.
15 mart – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Rossiya Fanalr Akademiyasining muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf-olim Erkin Yusupov (1929-2003) tavalludining 90 yilligi.
15 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, LNQXFA a’zosi, Qishloq xo‘jaligi olimi, mehnat qahramoni Nazrulla Mannanovich Mannanov (1909-1981) tavalludining 110 yilligi. 
17 mart – “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilganligining 15 yilligi (2004).
17 mart – Butunjahon dengizlar kuni.
18 mart – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, kimyogar olim, kimyo fanlari doktori, professor Sobir Yunusovich Yunusov (1909-1995) tavalludining 110 yilligi. 
18 mart – O‘zbekiston futbol kuni.
20 mart – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, pulmonolog-olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdulla Muxarramovich Ubaydullayev (1934), tavalludining 85 yilligi. 
21 mart – Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).
21 mart – Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).
21 mart – Xalkaro insonlarni irqiy ajratishga karshi kurash kuni.
22 mart – Butunjahon suv (1992) kuni.
22 mart – Buyuk o‘zbek astranomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) tavalludining 620 yilligi.
23 mart – Butunjahon metrologiya (1950) kuni.
24 mart – Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.
24 mart – O‘zbekiston Respublikasining Chegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992).
27 mart – Xalqaro teatr kuni. (1961)
28 mart – Toshkent shahridagi G. V. Plexanov Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining tashkil topgan kuni (2001).
29 mart – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, turk tilshunosi, filologiya fanlar doktori Aleksandr Konstantinovich Borovkov (1904-1962) tavalludining 115 yilligi.
30 mart – Xalqaro yerni ximoya qilish kuni.

Aprel

1 aprel – Xalqaro kulgi kuni.
1 aprel – Butunjahon qushlar kuni.
2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni.
5 aprel – O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).
7 aprel – Geologlar kuni (Har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni.
7 aprel – Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999).
9 aprel – Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun.
9 aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsyasi va Dalvat Gerbi (1993) tasdiqlangan kun.
10 aprel – O‘zbek adabiyotining yirik nomoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (1894-1938) tavalludining 125 yilligi.
12 aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).
13 aprel – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanik, konstruktor muxandis, texnika fanlar doktori, professor Georgiy Antonovich Koshevnikov (1904-1975) tavalludining 115 yilligi. 
14 aprel – “Amir Temir ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingin kun (1996).
15 aprel –O‘zbekiston xalq rassomi, grafik-rassom Iskandar Ikramov (1904-1972) tavalludining 115 yilligi. 
17 aprel – Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.
18 aprel – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.
18 aprel – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika xodimi, gidrotexnika-muxandisi, Texnika fanlari doktori, professor Stepan Titovich Altunin (1904-1959) tavalludining 115 yilligi.
20 aprel – O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov ( 1904 – 1963) tavalludining 110 yilligi.
20 aprel – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, folklorchi, shoira Alaviya Muzayyana (1909-1988), tavalludining 110 yilligi. 
21 aprel – Xalqaro ilm-fan kuni. (Har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
22 aprel – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, mexanik olim, professor Yormuhammad Nurupovich Muborakov (1944-1999) tavalludining 75 yilligi.
22 aprel – Butunjahon Yer kuni. (Bu kun o‘z ichiga atrof- muhitni, o‘z xududining ekologik tozaligini, milliy bog‘larni va qo‘riqxonalarni saqlash xizmatlarini oladi, 1990).
23 aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni. (YUNESKOning 28-konferensiyasida 1995 yilda e’lon qilingan).
23 aprel – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq artisti, opera kuychisi Sason Gavrilovich Benyaminov (1929) tavalludining 90 yilligi.
24 aprel – Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).
25 aprel – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, xalq yozuvchisi, mohir dramaturg Hamid G‘ulom (1919-2005) tavalludining 100 yilligi.
25 aprel – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Tibbiyot fanlari doktori, professor To‘lqin Iskandarovich Iskandarov (1939), tavalludining 80 yilligi.
25 aprel – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamid G‘ulom (1919-2005) tavalludining 100 yilligi. 
26 aprel – Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).
26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni. (O‘zbekiston BMT ni muhofaza qilishi sohasida yettita yirik xalqaro shartnomalar va bitimlarning ishtirokchisi bo‘lgan BMT ning a’zosi hisoblanadi. (BVV. – 2004. – 22 apr. – B. 2.).
26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni.
28 aprel – Birodarlashgan shaharlar kuni (1963). (Har yili aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).
29 aprel – Xalqaro raqs kuni.
30 aprel – O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kuni (1992).

May

1 may – Chirchiq shahar o‘lkashunoslik muzeyi tashkil topgan kun (1959).
1 may – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, professor Omon Xikmatovich Xikmatov (1929-2009) tavalludining 90 yilligi.
1 may – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, manbashunos olim, professor Muhamadjon Yo‘ldoshevich Yo‘ldoshev (1904-1985) tavalludining 115 yilligi. 
2 may – O‘zbek kinorejissori, O‘zbekiston xalq artisti Komil Yormatov ( 1904 – 1978) tavalludining 110 yilligi
3 may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934).
5 may – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994).
6 may – Tibbiyot fanlari doktori Farxod Nabiyevich Jahongirov (1944) tavalludining 75 yilligi. 
7 may – Radio kuni.
7 may – O‘zbekison va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Qayipbergenov To‘lepbergen (1929-2010) tavalludining 90 yilligi.
7 may – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, falsafiy-olim, professor Abdulxay Qosimovich Valiyev (1929) tavalludining 90 yilligi. 
8 may – Butunjahon qizil Xoch tashkiloti kuni.
9 may – Xotira va Qadrlash kuni (1999) – umumxalq bayrami.
9 may – O‘zbekiston xalq artisti G‘ani A’zamov (1909-2001) tavalludining 110 yilligi. 
10 may – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biokimyo fanlari doktori, professor Asqar G‘aniyevich Holmurodov (1939-1997) tavalludining 80 yilligi. 
12 may – Xalqaro hamshiralar kuni.
15 may – Butunjahon oila kuni.
15 may – Iste’dodli shoir va jamoat arbobi Botu (Mahmud Hodiyev, 1904-1938) tavalludining 115 yilligi.
17 may – Xalqaro elektraloqa kuni (1969).
18 may –Xalqaro muzeylar kuni (1977).
18 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori, qishloq xo‘jaligi fanlari Akademiyasi akademigi, agronom-iqtisodchi olim, professor Saidmahmud Nu’monovich Usmonov (1929-2000), tavalludining 90 yilligi. 
19 may – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metallurgiya sanoati xodimlari kuni (2001). (Har yili may oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
19 may – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi (1995) ochilgan kun.
20 may – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejisser Zunnun Madaliyev (1914-1980) tavalludining 105 yilligi.
21 may – Xalqaro metrologiya kuni. (YUNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).
22 may – Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.
26 may – Kimyogarlar kuni (1956). (Har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
26 may – Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1994).
27 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mexanik-olim, texnika fanlari doktori, professor Tursunboy Rashidovich Rashidov (1934) tavalludining 85 yilligi. 
30 may – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor Nail Qodirovich Abubakirov (1919-1998) tavalludining 100 yilligi. 
31 may – Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.

Iyun

1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni.
2 iyun – Melioratorlar kuni. (Har yili iyun oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).
2 iyun – O‘zbekiston xalq artisti Abdurauf Boltayev (1909-1978) tavalludining 110yilligi.
5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (1972).
7 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, terapevt-kardiolog, professor Xurshida Ibniaminovna Yanboyeva (1924) tavalludining 95 yilligi. 
9 iyun – Yengil sanoat xodilari kuni. (Har yili iyun oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
13 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kompozirot, folklorchi Faxriddin Sodiqov (1914-1977) tavalludining 105 yilligi. 
14 iyun – Butunjahon Donorlar kuni.
15 iyun – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori Ubay Orifovich Orifov (1909) tavalludining 110 yilligi. 
16 iyun – Olimpiyada yugurish kuni. (Iyun oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi). 
17 iyun – Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.
19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni. 
20 iyun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).
20 iyun – Butunjahon qochoqlar kuni. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000 yil 4 dekabrda qabul qilingan.
23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni.
25 iyun – «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markaz ta’limi kuni (1997).
26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni.
27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. (1993 y. 24 iyun O‘zR Prezidenti farmoni).
28 iyun – O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi akadeigi, tarixchi-olim, tarix fanlari doktori, etnograf-turkshunos, professor Vladimir Petrovich Sheglov (1904-1985) tavalludining 115 yilligi. 
29 iyun – Ixtirochilar va ratsionalizatorlar kuni. (Har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi).
29 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xaykaltarosh-rassom Pavel Viktorovich Gan (1894-1967) tavalludining 125 yilligi. 
30 iyun – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor To‘lqin Miromilovich Mirkomilov (1939), tavalludining 80 yilligi. 
30 iyun – Savdo, matubot kooperatsisi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni. (Har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
30 iyun – Tarixshunos va sharqshunos olim, kitobshunos, bibliograf Yevgeniy Karlovich Betger (1887-1956) tug‘ilgan kun.

Iyul

1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985).
1 iyul – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan (1994) kun.
1 iyul – Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).
2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi (1992) tasdiqlangan kun.
5 iyul – Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan).
6 iyul – Xalqaro kooperatsiyasi kuni (1994). (Har yili iyul oyining birinchi shanbasida nishonlanadi).
7 iyul – Taniqli o‘zbek yozuvchisi Normurod Narzullayev (1934-2006) tavalludining 85 yilligi.
10 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992). 
11 iyul – Butunjahon dunyo aholisi kuni.
11 iyul – Butunjahon aholishunoslik kuni (1989).
11 iyul – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, matematik olim, professor O‘tkir Xasanovich Rasulev (1939) tavalludining 80 yilligi. 
13 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotiga (1992) a’zo bo‘lgan kun.
14 iyul – Baliqchilik kuni. (Iyul oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi). 
15 iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan (1996) kun.
16 iyul – Kimyo fanlari doktori, kimyogar olimi, professor G‘ayrat Ubaydullayevich Raxmatqoriyev (1944) tavalludining 75 yilligi. 
20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni.
20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”.
29 iyul – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, pedagog, pianinachi, kompozitor Georgiy Aleksandrovich Mushel (1909-1989) tavalludining 110 yilligi.


Avgust

3 avgust – Mahallalar kuni. (Har yili avgust oyining 1-chi shanbasida nishonlanadi).
4 avgust – Temir yo‘lchilar kuni (1936). (Har yili avgust oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).
6 avgust – Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish (1945) kuni. Xirosima fojeasi kuni.
7 avgust – Biologiya fanlari doktori, genetika ishlab chiquvchi, professor Sofiya Mamedovna Rizayeva (1944) tavalludining 75 yilligi. 
9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni.
10 avgust – Fizkulturachilar kuni. (Har yili avgust oyining 2-chi shanbasida nishonlanadi).
11 avgust – Quruvchilar kuni. (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
12 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.
12 avgust – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan fan arbobi, manbashunos-olim, tarixchi-sharqshunos, tarix fanlari doktori Buriboy Ahmedovich Ahmedov (1924-2002) tavalludining 95 yilligi.
15 avgust – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, tarixchi-olim, etnograf-turkshunos, professor Karim Shoniyozovich Shoniyozov (1924-2001) tavalludining 95 yilligi.
15 avgust – O‘zbek ma’rifatparvar shoiri Avaz O‘tar (1884-1919) tavalludining 135 yilligi.
17 avgust – O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom (1939 y. taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddinov To‘lanboy) tavalludining 75 yilligi.
18 avgust – O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni (1995). (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
18 avgust – “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996). (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
19 avgust – Kompozitor, etnograf, pedagog, musiqa jamoat arbobi Viktor Aleksandrovich Uspenskiy ( 1879 – 1949) tavalludining 140 yilligi.
22 avgust – Buxoro neftini qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).
24 avgust – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, meliorator, professor Viktor Yemelyanovich Yeremenko (1909-1962) tavalludining 110 yilligi. 
25 avgust – Xalqaro Talabalar Ittifoqi tashkil topgan kun.
25 avgust – Shaxtyorlar kuni. Avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi. 
27 avgust – Kino kuni (1979).
28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” fahriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998). 
28 avgust – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, energetik-olim, texnika fanlari doktori, professor Xosil Fozilovich Fozilov (1909-2003) tavalludining 110 yilligi. 
29 avgust – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1996).
29 avgust – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (2003).
30 avgust – Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etilgan kun (2000).
30 avgust – “Mehnat shuhrati” ordeni ta’sis etilgan kun (1995).
30 avgust – O‘zbekiston Ruspublikasi demokratiyalash va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilgan kun (1996).
31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni.

Sentabr

1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni.
1 sentabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi – ochilgan kun.
1 sentabr – Neft va gaz sanoati kuni. (Har yili sentabr oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi). 
1 sentabr – O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti tashkil topganining 45 yilligi (avvalgi Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti, 1974).
1 sentabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Biologiya fanlari doktori, biolog-olim Ahror Muzaffarovich Muzaffarov (1909-1987) tavalludining 110 yilligi. 
2 sentabr – Yangi 2014-2015 kuni.
8 sentabr – Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.
9 sentabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.
11 sentabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, terapevt, professor Ergash Isabayevich Otaxonov (1914-1967) tavalludining 105 yilligi. 
12 sentabrya – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, pediator, professor Rafail Samoylovich Gershenovicha (1889-1960) tavalludining 130 yilligi. 
13 sentabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).
16 sentabr – Ozon qatlamini himoya qilish xalqaro kuni.
16 sentabr – Bahouddin Naqshband kuni (1993).
18 sentabr – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘lgan kun (1993).
19 sentabr – “Dunyo qo‘ng‘iroqchalari” butunjahon ovozi kuni. 
21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni.
22-23 sentabr – Kuzgi teng-kunlik – “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh).
25 sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun. (Avvalgi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, 1991).
25 sentabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, iqtisodchi olim, professor Vladimir Vasilevich Kim (1929) tavalludining 90 yilligi. 
27 sentabr – Butunjahon Turizm kuni.
29 sentabr – Mashinasozlar kuni. (Har yili sentabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi.)

Oktabr

1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni.
1 oktabr – Xalqaro musiqa kuni (1980).
1 oktabr – Qariyalar kuni.
4 oktabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni.
4 oktabr – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Otajon Xudoyshukurov ( 1944 – 1994) tavalludining 75 yilligi.
7 oktabr – Butunjahon shifokorlar kuni. (“Yadro urushini oldini olish uchun dunyo shifokorlari” IV Xalqaro Kongressining qaroriga binoan nishonlanadi. Xelsink, 1984 y. Oktabr oyining 1-chi dushanbasida nishonlanadi). 
8 oktabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, geolog olim, professor Vaxob Rahimovich Rahimov (1934-2014) tavalludining 85 yilligi. 
9 oktabr – Butunjahon pochta kuni.
10 oktabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, mexanikachi-olim Aleksey Danilovich Glushenko (1934-2011) tavalludining 85 yilligi. 
13 oktabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.
13 oktabr – Kimyo fanlari doktori, kimyogar olim, professor Vosit Malikovich Malikov (1929) tavalludining 90 yilligi. 
14 oktabr – Xalqaro standartlashtirish kuni.
15 oktabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, mikrobiolog olim, professor Abdurahim Obidovich Obidov (1929-2010) tavalludining 90 yilligi. 
15 oktabr – O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun.
16 oktabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.
17 oktabr – Kimyo fanlari doktori, kimyogar olim, professor Georgiy Petrovich Sidyakin (1914) tavalludining 105 yilligi. 
17 oktabr – Xor dirijyori, kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti Shermat Yormatov (1939) tavalludining 80 yilligi.
18 oktabr – Samarqand kuni (1996). 
19 oktabr – O‘zbekiston xalq artisti Maryam Yoqubova (1909 -1987) tavalludining 110 yilligi.
20 oktabr – Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni. (Har yili oktabr oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi.)
20 oktabr – Xiva kuni.
21 oktabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul (1989) qilingan kun.
21 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti, kinorejisser Zohid Zarifovich Sabitov (1909-1982) tavalludining 110 yilligi. 
22 oktabr – Estrada san’atini rivojlantirish fondiga asos solingan kuni (2001).
23 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi (1993) YUNESKOga a’zo bo‘lgan kun.
23 oktabr – O‘zbekiston Respublikasida bolalar kutubxonalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvtlash uchun xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).
24 oktabr – Xalqaro BMT (1947) kuni.
24 oktabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari doktori, fizik olim, professor Sergey Vasilevich Starodubsev (1914-1967) tavalludining 105 yilligi. 
24 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kompozitor Rumil Jangirovich Vildanov (1939-1987) tavalludining 80 yilligi. 
25 oktabr – O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyeva (1914 – 1991) tavalludining 105 yilligi.
25 oktabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin qizlar kurashish kuni.
25 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni.
25 oktabr – O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, matematik olim, professor Tuxtamurod Jo‘rayevich Jo‘rayev (1934-2009) tavalludining 85 yilligi. 
27 oktabr – Avtomobil transporti xodimlari kuni. (Har yili oktabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
28 oktabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni. (Har yili oktabr oyining 4-chi dushanbasida nishonlanadi)
29 oktabr – O‘zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejisyor, O‘zbkistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Nabi G‘aniyev (1904-1953) tavalludining 115 yilligi.
31 oktabr – Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy Markazi tuzilgan kun (1996).
31 oktabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, Iqtisodchi olim, iqtisod fanlari dokori, professor Kuzma Ivanovich Lapkin (1904-1989) tavalludining 115 yilligi.

Noyabr

1 noyabr – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kuni (1991). 
2 noyabr – Rus shoiri, O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Arkadevich Faynberg (1939) tavalludining 80 yilligi.
2 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘iston aktyori Yo‘ldosh Mamutov (1914-1991) tavalludining 105 yilligi. 
5 noyabr – Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956).
7 noyabr – Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy (1414-1492 ) tavalludining 605 yilligi.
7 noyabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sodiq Azimovich Azimov (1914-1988) tavalludining 105 yilligi. 
8 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi «Jahon» axborot agentligining tashkil etilgan kuni (1995).
10 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni. (Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945).
11 noyabr – O‘zbekiston xalq rassomi, teatr rassomi Xamidulla Ikromovich Ikromov (1909-1964) tavalludining 110 yilligi. 
12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989).
14 noyabr – Butunjahon qandli diabet kasalligi bilan kurashish kuni. 
16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni.
16 noyabr – YUNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945 y.).
17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni. 
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).
19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli kuchlari artilleriyasi kuni.
20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi (1953) qabul qilingan kun.
20 noyabr – O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mexanikachi olim Halim Xaydarovich Usmonxo‘jayev (1919-1993) tavalludining 100 yilligi. 
21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish (1913) kuni.
21 noyabr – Butunjahon televideniye kuni (1996).
21 noyabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, geolog olim, professor Arshavir Grigorevich Babayev (1919-1999) tavalludining 100 yilligi. 
21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil (1995) topgan kun.
21 noyabr – O‘zbekiston xalq rassomi Viktor Ivanovich Ufimsev (1899-1964), tavalludining 120 yilligi. 
23 noyabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, entomolog olim, professor Vladimir Vladimirovich Yaxontov (1899-1970) tavalludining 120 yilligi. 
24 noyabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, matematik olim Ivan Semenovich Arjanix (1914-1980) tavalludining 105 yilligi. 
24 noyabr – Paxta bayrami. Noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi. 
25 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov (1949) tavalludining 70 yilligi.
30 noyabr – Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrining (1939) 80 yilligi.

Dekabr

1 dekabr – Butunjahon orttirilgan immunitet tansiqligi sindromi kasalligi (OITS) ga qarshi kurash.
1 dekabr – Ayollar Xalqaro demakratik federatsiyasi tashkil topgan kun (1945).
1 dekabr – O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, nevropatolog olim, professor Xusniddin Kazakovich Salaxuddinov (1914-2004) tavalludining 105 yilligi. 
1 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, pediatr, professor Sayfi Shamsiyevich Shamsiyev (1914-1995), tavalludining 105 yilligi.
1 dekabr – O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi akademigi, qishloq ho‘jaligi fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Mirzaali Valiyevich Muhammadjonov (1914-2000) tavalludining 105 yilligi. 
3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1993).
4 dekabr – O‘zbekiston faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).
4 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Madhiyasi (1993) tasdiqlangan kun.
4 dekabr – O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mikrobiolog olim, professor Mashhura Egamovna Mavlona (1934) tavalludining 85 yilligi. 
4 dekabr – O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi akademigi, matematik olim Vsevolod Ivanovich Romanovskoy (1879-1954) tavalludining 140 yilligi. 
5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni.
6 dekabr – Bibliograf, xattot, manbashunos olim, Abdulla Nosirov (1899-1987) tavalludining 120 yilligi. (1940-1943 yillar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining sharqiy qo‘lyozmalar bo‘limida ishlagan)
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992) qabul qilingan kun – umumxalq bayrami.
8 dekabr – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (Har yili dekabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
8 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rassom Pavel Petrovich Benkov (1879-1949) tavalludining 140 yilligi. 
10 dekabr – Inson haq-huquqlari kuni (1948).
10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingin kun (1992).
11 dekabr – YUNISEF-BMT Bolalar fondi (1946) tashkil topgan kun.
12 dekabr – Iste’dodli shoir, shodlik va baxt kuychisi, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon (1909-1944) tavalludining 110 yilligi.
12 dekabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor Shavkat Ismoilovich Solixov (1944) tavalludining 110 yilligi. 
14 dekabr – Adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist Vohid Zohidov ( 1914 – 1983) tavalludining 105 yilligi.
14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi (1990) e’lon qilingan kun.
14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i (1992) tasdiqlangan kun.
15 dekabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, matematik olim, professor No‘mon Yunusovich Satimov (1939-2006) tavalludining 80 yilligi. 
16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga (1992) a’zo bo‘lgan kun.
17 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti Iroda Mirzaxonovna Aliyeva (1929-1989) tavalludining 90 yilligi. 
17 dekabr – Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) tavalludining 210 yilligi.
18 dekabr – Xalqaro migrantlar kuni (1990).
21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH 1991 y. 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1991).
21 dekabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, manbashunoslik fanlari doktori, teatrshunos olim, professor Mamajon Rahmonovich Raxmonov (1914) tavalludining 105 yilligi. 
22 dekabr – Energetik xodimlar kuni.
25 dekabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Komil Yashin (1909-1997) tavalludining 110 yilligi.
28 dekabr – Mustaqillik va ezgulik monumenti ochilgan kun (2005).
28 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, balet artisti Vitaliy Anatolevich Vasilev (1939) tavalludining 80 yilligi. 
28 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor, dirijer, musiqachi Doni Zokirov (1914-1985) tavalludining 105 yilligi
29 dekabr – Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan (1991) kun.
30 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, faylasuf-etnograf olim Iso Jabborov (1929) tavalludining 90 yillig. 
30 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, iqtisodchi olim Yuni Izrailovich Isxakov (1909-1977) tavalludining 110 yilligi. 
30 dekabr – Rossiya va Azarbaydjon hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, pedagog, musiqa arbobi Reyngold Moritsevich Glier (1874-1956) tavalludining 145 yilligi. 
31 dekabr – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, geologiya fanlari doktori, geolog olim, professor Ergash Musayevich Isamuxamedov (1909-1983) tavalludining 110 yilligi.

Yubiley sanalar

“Toshkent haqiqati” gazetasi nashrining 65 yilligi (1954). 
Muqumiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali tetri tashkil etilganligining 80 yilligi (1939).
G‘anijon Toshmatov nomidagi “Dutorchi qizlar” ansambli tashkil etilganligining 80 yilligi (1939).
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri tashkil etilganligining 90 yilligi (1929).
Yosh tomoshobinlar teatri tashkil etilganligining 90 yilligi (1929).
“Gulhan” jurnali nashrining 90 yilligi (1929).
O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, geolog olim Borisov Oleg Matveyevich (1929-1988) tavalludining 90 yilligi.
O‘zbekiston xalq artisti, sozanda, kompazitorKomiljon Jabborov (1914-1975) tavalludining 105 yilligi.
O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan-texnika arbobi, mexanik Xalil Ahmedovich Raxmatullin (1909-1988) tavalludining 110 yilligi.
O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, botanik olim Jo‘ra Kamolovich Saidov (1909-1999) tavalludining 110 yilligi.
O‘zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejisyor, O‘zbkistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Nabi G‘aniyev (1904-1953) tavalludining 115 yilligi.
O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim Konstantin Yevlampiyevich Jitov (1904-1995) tavalludining 115 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompazitor, xonanda, sozanda Matyusuf Xarratov (Chokar, 1889-1952) tavalludining 130 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, arxitektor, ganch ustasi Usta Shirin Murodov (1879-1957) tavalludining 140 yilligi.
O‘zbekiston xalq shoiri Islom Shoir Nazar o‘g‘li (1874-1953) tavalludining 145 yilligi.
O‘zbek mumtoz adabiyoti shoiri Furqat (Zokirjon Mulla Holmuhammad o‘g‘li 1859-1909) tavalludining 160 yilligi.
Qoraqalpoq shoiri Kunxoji Ibrohim o‘g‘li (1799-1880) tavalludining 220 yilligi.
O‘rta Osiyo shoiri va faylasuf olimi Mirzo Abduqodir Bedil (1644-1721) tavalludining 375 yilligi.
Naqshbandiy ta’limoti namoyondasi, shayx Xoja Ahror (Xoja Ubaydullo 1404-1490) tavalludining 615 yilligi. 
«Alpomish» dostonining 1020 yilligi.
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2210 yilligi.
Xorazmda yozilgan eng yirik falsafiy-diniy, muqaddas zardushtiylik «Avesta» kitobininig 2720 yilligi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.