Respublika taʼlim markaziga adabiyotshunos olima Zulxumor Mirzayeva, taʼlim boʻyicha tadqiqotchi Komil Jalilov, taniqli adabiyot oʻqituvchisi Ravshan Egamberdiyev tomonidan Adabiyot fani dasturining loyihasi taqdim etildi.
Adabiyot fan dasturining taqdimoti Adabiyot fanida nimani qanday oʻqitish kerak degan savollarga aniq javob topib bergani bilan yigʻilganlarda katta taassurot uygʻotdi.
“Toʻgʻrisi, bu yerda bizni kimdir eshitayotgani, gʻoyalarimizni qoʻllab-quvvatlayotgani — katta voqea, bugungacha bizga yetishmay kelgan narsa ham, bu — ana shu motivatsiya edi”, — deydi Zulxumor Mirzayeva.