
“2020-yil 10-sentyabr kuni Saudiya elektron universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.”
Ushbu shartnomaga asosan o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari mazkur elektron universitetning «Internet orqali arab tili o‘rganish» dasturidan foydalanadilar. Elektron universitetning xizmatlaridan foydanishni ko‘zda tutuvchi ushbu hamkorlik shartnomasini Saudiya elektron universiteti rektori doktor Laylak bint Ahmad as-Safadiy va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakili, Sharq tillari kafedrasi dotsenti Murtazo Saydumarov imzoladilar.
Saudiya elektron universiteti 2011 yili bu mamlakatda ta’sis etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, u masofadan ta’lim olishni va uzluksiz ta’limni birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ygan. Universitet tarkibiga boshqaruv va moliya fakulteti, tibbiyot fanlari fakulteti, informasion texnologiyalar fakulteti, aniq fanlar va nazariy tadqiqotlar fakulteti kiradi. Universitet bakalavr, magistrlik va doktorlik darajalarini berish bilan birga uzluksiz ta’lim va butun umr davomida o‘qish bo‘yicha kurslar tashkil qiladi.
Universitet Riyozda joylashgan bo‘lib, mamlakatning turli mintaqalarida ochilayotgan filiallari hisobiga kengayib bormoqda. Universitet elektron ta’lim texnologiyalarini tatbiq etishga asoslangan eng afzal namunalarga qurilgan oliy ta’limni, bevosita qatnab va masofadan o‘qishni birlashtiruvchi ta’limni taqdim etadi, mahalliy va xalqaro miqyosdagi universitetlar bilan hamkorlikda eng peshqadam ma’rifatni, uning jamiyat talablariga mos keladigan eng yuqori akademik manbalardan olingan mazmun bilan mahalliylashtirishni amalga oshiradi.
INTERNET ORQALI ARAB TILI DASTURI
Internet orqali arab tili dasturi o‘zga tilda so‘zlashuvchilarning arab tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan bo‘lib, arab tili o‘rganishni hech qanday zamon va geografik makonga bog‘lamagan holda tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. U o‘qishni xohlagan ko‘p sonli talabalarni an’anaviy ta’lim to‘siqlarini bartaraf etgan, ta’lim xarajatlarini tejagan va safar tashvishlaridan ozod qilgan holda cheklanmagan miqdorda qabul qila oladi.
Dastur o‘zga tillilar uchun arab tilini o‘qitishni butun dunyo bo‘ylab arab tilini va madaniyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashuvchi taraqqiy etgan elektron ta’lim orqali tillarni o‘rganish va o‘qitish borasidagi eng zamonaviy xalqaro me’yorlarni amalga oshirgan holda taqdim etadi.